Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart Toqayev kuzda navbatdan tashqarigi prezidentlik saylovini o'tkazishni e'lon qildi. Shuningdek Qozog'iston prezidenti 2023-yil navbatdan tashqari parlament saylovi bo'lishini ham aytib o'tdi.
AQSH prezidenti Jo Bayden keyingi prezidentlik saylovida ham o'z nomzodini qo'yishni rejalashtirmoqda.
Iroq prezidenti Barham Saloh "mamlakatni mavjud siyosiy inqirozdan parlamentga qayta saylov o'tkazish" saqlab qolishini ta'kidladi. Shuningdek Barham Saloh mamlakat boshqaruvini isloh qilish uchun konstitutsion o'zgartirishlar zarur ekanligini ta'kidladi.
Bugun Buyuk Britaniyada Bosh vazir saylovining yakuniy ovoz berish natijalari e'lon qilinadi. Ekspertlarning fikricha nomzodlarning har ikkisi ham teng miqdordagi qo'llovga ega. Partiya a'zolarining ovozlari bahslarga yakun yasashi kutilmoqda.