• eye Maxsus imkoniyatlar
Oʻzbekiston missiyasi vakillari Latviyada
01.10.2022
558

Bugun 1-oktabr kuni Latviya Respublikasining Seym (Parlamentiga) saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur saylov jarayonlarida Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov hamda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi bo‘shlig‘i M.Satayevlar xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston missiyasi vakillari Riga shahridagi qator saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlari, tashkiliy chora-tadbirlar, aholining saylovdagi ishtiroki bilan yaqindan tanishmoqda.

Ovoz berish jarayonlari mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da boshlangan bo‘lib soat 20:00 ga qadar davom etadi. Keyingi to‘rt yilga saylanadigan parlamentdagi yuz nafar deputatlik o‘rinning har biriga o‘n sakkiz nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda.


Latviya saylov qonunchiligiga ko‘ra 18 yoshdan boshlab Latviya fuqarolari ovoz berish huquqiga ega, saylov kuni 21 yoshga to‘lgan Latviya fuqarolari esa Seym (Parlamentiga) saylovda nomzod bo‘lishi mumkin.