Unga ko'ra amaldagi Bosh Vazir Krishyanis Karinshaning "Yangi birlik" partiyasi 18,97% ovoz bilan g'alaba qozongan. "Yangi birlik" partiyasi 26 o'rinni egallagan. "Yashillar va fermerlar" ittifoqi 16 o'rinni egallab, 2018-yilgi saylov natijalariga ko'ra yaxshi natija ko'rsatdi.
2018-yilgi saylovda 23 o'rin egallagan "Kelishuv" partiyasi bu galgi saylovda birorta ham o'rin egallay olmadi.
Krishyanis Karinshaning partiyasi "Yangi birlik" (26 mandat) "Birlashgan ro'yxat" (15 mandat) va Milliy birlik (13 mandat) bilan kaolitsiyaga kirishishi kutilmoqda.
Kecha saylov natijalariga ko'ra Seymda o'rin egallagan partiya vakillari Latviya prezidenti Egil Levist bilan uchrashdi. Kaolitsiya tuzish va hukumatni shakllantirish esa Seym vakillari orasida kelasi hafta muhokama qilinadi.