• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasida uchrashuv
04.10.2022
517
Bugun Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev Saylov tizimlari xalqaro fondi (IFES)ning Yevropa va Yevroosiyo hududiy ofisi direktori Anya Kamberlend, O‘zbekiston bo‘yicha direktori Tamar Jvaniya va eksperti Inna Tovmasyanlar bilan uchrashdi.


O‘zaro muhokamalarda kelgusida MSK va IFES o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, MSK xodimlarining malakasini oshirish, kelgusida saylov jarayonlarini umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qilishdi.

Anya Kamberlend o‘z navbatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholagan holda IFESning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish borasida bir qator loyihalar tayyorlanayotganligini ma’lum qildi.

MSK Raisi Z.Nizamxodjayev ham ikki tashkilot o‘rtasida amalga oshiriladigan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini, MSK doimo xalqaro tashkilotlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishga va kelgusida o‘zaro manfaatli munosabatlarni amalga oshirilishiga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda MSK rais o‘rinbosari B.Kuchkarov hamda doimiy asosda faoliyat yurituvchi MSK a’zosi G.Raximovalar ishtirok etishdi.