• eye Maxsus imkoniyatlar
Avstriyadagi prezidentlik saylovlarida Van der Bellen g‘alaba qozondi
11.10.2022
365
9-oktabr kuni Avstriyada o'tkazilgan prezidentlik saylovida Aleksandr Van der Bellen 56,69 foiz ovoz bilan ikkinchi muddatga prezident etib saylandi.

Aleksandr Van der Bellen Avstriyaning barcha 116 adminstrativ markazlarida g'alaba qozondi. Asosiy raqiblari Uolter Rozenkars 17,68 foiz, Dominik Vlanzy 8,31 foiz olgan. 

Avstriyada saylov yoshi 16 yosh. Prezidentlikka nomzodini qo'ymoqchi bo'lgan shaxs 35 yoshdan kichik bo'lmasligi, kamida 6000 ta qo'llab-quvvatlash deklaratsiyasiga ega bo'lishi va 3 600 yevro miqdoridagi to'lovni amalga oshirishi zarur. Nomzodlarni ro'yxatdan o'tkazish saylovga 37 kun qolganda tugaydi. Bu yil saylovda 7 ta nomzod kurashdi. 

Avstriyada prezident 6 yil muddatga saylanadi. 50 foizdan ko'proq ovoz olgan nomzod g'alaba qozongan hisoblanadi. Avstriyada saylovchilarning umumiy soni 6,4 million kishini tashkil etmoqda.