• eye Maxsus imkoniyatlar
YXHT DIIHB ning uzoq muddatli kuzatuvchilarni tayyorlash bo’yicha o’quv seminarlari
18.10.2022
624
YXHT DIIHBning Serbiya poytaxti Belgrad shahrida saylovlarni kuzatish bo’yicha uzoq muddatli kuzatuvchilarni tayyorlash o’quv seminari bo'lib o'tmoqda.

5 kunlik o’quv seminarlari davomida ishtirokchi davlatlar vakillari saylovlarni kuzatishning demokratik tamoyillari xususida axborot olishadi. Shuningdek ishtirokchilar YXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasining maqsad va vazifalari, saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilarning roli, uzoq muddatli kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini kuzatish bosqichlari, saylovlarni kuzatish tizimi, qisqa muddatli kuzatuvchilarning vazifalari, YXHT DIIHB odob-axloq qoidalari va xalqaro huquq normalari bo’yicha bilimlarini oshirishadi. 

O’quv seminarini tamomlagan ishtirokchilar dunyoning turli burchaklarida o’tkaziladigan saylovlarda YXHT DIIHB kuzatuv missiyalarida ishtirok etadi. Markaziy saylov komissiyasi Matbuot kotibi M.Alimbayev YXHT DIIHB ning ushbu kursida ishtirok etmoqda.