• eye Maxsus imkoniyatlar
AQSHda oraliq saylovlar bo’lib o’tadi
08.11.2022
311
2022-yil 8-noyabrda (US time zone) AQSHda oraliq saylovlar bo’lib o’tadi. Hozirgi kunda saylov aktiv bosqichda kechmoqda.

Demokratlar va respublikachilar o’rtasida kechayotgan murosasiz kurashlar 2024-yilgi prezidentlik saylovi natijalariga ham katta ta’sir o’tkazadi. 

Hozirda saylov quyidagi o’rinlar uchun o’tkazilmoqda:

1. AQSH Vakillar palatasining 435 o’rni uchun – mutaxassislarning fikricha 435 o’rindan atiga 33 tasida keskin kurash bo’lishi kutilmoqda. Qolgan o’rinlar uchun kurashda kim g’olib bo’lgani partiyalarning praymeriz saylovlarida aniq bo’lganligi aytilmoqda. 

2. AQSH Senatining 34 o’rni uchun – hozirda 9 nafar o’rin uchun kurashayotgan nomzodlar orasida bahslar keskin tus olgan. Respublikachi va demokratlarning ham partiya ichidagi bahslari bir biriga ziddiyatli bo’lib qolmoqda. 

3. Shtat merligi uchun kurash – AQSHlari subyektlarning mustaqil tuzilmasidan tashkil topganligi sababli ham merlik uchun kurash federal saylovlardagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Mahalliy siyosiy elita o’z shtatidagi g’alaba uchun bor kuch va g’ayratini sarflamoqda. 

Saylovni moliyalashtirish. AQSH qonunchiligiga ko’ra har bir saylovchi saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarni moliyalashtirish huquqiga ega. Ushbu oraliq saylovlar AQSH tarixida rekord darajada qimmat saylov bo’lib qolmoqda. Hisobotlarga ko’ra jami 9,3 mlrd. dollar saylovlarni moliyalashtirish uchun sarflangan. 2018-yilgi oraliq saylovda bu ko’rsatgich 7.1 mlrd dollarni tashkil etgan edi. Shu vaqtga qadar respublikachilar 2,4 mlrd. dollar demokratlar esa 1,8 mlrd. dollar targ’ibot uchun sarflashgani aytilmoqda. 

AQSH saylovlarini tadqiq qiluvchi institutlar tadqiqotlariga ko’ra qimmatli qog’ozlar bozori, ko’chmas mulk, neft va gaz sohasi, tibbiyot va sug’urta kompaniyalari faol tarzda saylovlarni moliyalashtirib kelmoqda.