Toshkent viloyati Olmaliq shahri “Metallurg” madaniyat markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati