• eye Maxsus imkoniyatlar
Konstitutsiya qabul qilinganligiga 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
07.12.2022
951
Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, Bosh qomusimiz- Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan barchani qutladi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamiz bilan “Asosiy qonunimiz”, “Bosh qomusimiz” deb samimiy faxrlanamiz. Uni bolalikdan mehr bilan o‘qib-o‘rganamiz, targ‘ib qilamiz. Chunki bu mehrning zamirida har birimizning haq-huquqlarimiz, majburiyatlarimiz, Vatanimizning porloq istiqboli mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasi, har bir bandida xalqimizning, har birimizning taqdirimizga taalluqli qoidalar bitilgan.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari hamda bir qator Kotibiyat xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.