• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi
16.12.2022
447
Bugun Oliy Majlis Senatida Navoiy viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati Navoiy shahri «Yoshlar markazi» binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.

Saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi Matbuot xizmati