• eye Maxsus imkoniyatlar
2023-yil dunyo boʻylab oʻtkaziladigan saylovlar haqida maʼlumot
06.01.2023
900
(Amerika qitʼasi boʻyicha)

Antigua va Barbuda umummilliy saylovi 18-fevral

18-fevral kuni Antigua va Barbudada umumiy saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kuba parlament saylovi mart oyida

Shu yilning mart oyida Kuba Respublikasida Xalq hokimiyati Milliy Assambleyasi aʼzolarini saylash uchun parlament saylovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Paragvay umummilliy saylovi 30-aprel

30-aprel kuni Paragvay Respublikasida prezident, Deputatlar Palatasi hamda Senat aʼzoligiga saylovlar oʻtkaziladi. Mazkur saylovda Prezidentlikka nomzodlar mojaritar saylov uslubida, Deputatlar Palatasining 80 nafar aʼzosi hamda Senatning 45 nafar a'zosi yopiq roʻyxat asosidagi proporsional saylov uslubida saylanadi. 

Gvatemala umummilliy saylovi 25-iyun

25-iyun kuni Gvatemala Respublikasida mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti saylovi, Kongressdagi barcha 160 oʻrin uchun parlament saylovi, Markaziy Amerika parlamentining 20 aʼzosi oʻrni uchun hamda mamlakatdagi 340 munitsipalitetning merlari va kengashlarini saylash uchun umummilliy saylovlar boʻlib oʻtadi.

Argentina umummilliy saylovi 29-oktabr

29-oktabr kuni Argentina Respublikasida prezident, Milliy Kongress aʼzolari va aksariyat viloyatlar gubernatorlarini saylash uchun umummilliy saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari gubernatorlar saylovi 7-noyabr

7-noyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarida Kentukki, Luiziana va Missisipi shtatlari gubernatorligiga saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, boshqa gubernatorlik oʻrinlari boʻshatilgan taqdirda (shtat qonunchiligiga qarab) navbatdan tashqari saylovlar oʻtkazilishi mumkin.