Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar, shu jumladan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash, referendum okruglarini tuzish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu majlis “O‘zbekiston-24” hamda “UzReport” telekanallari orqali jonli efirda uzatib boriladi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati