2023-yil 13-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish;
- siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini ro‘yxatga olish;
- Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati