Bugun kunning ikkinchi yarmida, Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakillari tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi maʼlumotlar taqdim etildi.