• eye Maxsus imkoniyatlar
Siyosiy partiyalar prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha hujjatlar taqdim etishdi
01.06.2023
1070

 Joriy yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat qildilar va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etdilar.

Eslatib o‘tamiz, kecha 31-may kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan hujjatlar qabul qilib olingan edi.

Markaziy saylov komissiyasining ishchi guruhi hamda ekspert guruhlari qonunchilik talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarni tekshirib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qiladi. 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati