• eye Maxsus imkoniyatlar
Muddatidan oldin ovoz berish to‘g‘risida axborot
02.07.2023
1765

Maʼlumki, saylov kuni o‘z yashash joylarida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Joriy yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyunda boshlandi.

2023-yil 1-iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqlaridan foydalandilar. Shundan mamlakatimiz hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.

Muddatidan oldin ovoz berish joriy yil 5-iyulga qadar davom etadi.