Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.
1.Saylochi ovoz berish binosiga kelgach, uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi.
2.Saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
3.Shundan keyin, fuqaroga saylov byulleteni beriladi.
4.Byulleten saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi.
5.Fuqaro saylov byulletenida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “➕” yoki “✔️” yoxud “❌” belgisini qoʻyadi.
6.Saylov byulletenini toʻldirgandan keyin ovoz beruvchi uni saylov qutisiga tashlaydi.
7.Byulletenni qutiga tashlaganidan soʻng saylovchi chiqish tomon yoʻl oladi.
Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning kabina yoki xonada xozir boʻlishi taqiqlanadi.
Saylovchi byulletenni mustaqil toʻldirish imkoniga ega boʻlmasa, oʻz hoxishiga koʻra, uchastka saylov komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Ayrim saylovchilar sogʻligining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra uchastka saylov komissiyasi binosiga kela olmagan taqdirda, ularning iltimosiga koʻra uchastkaka saylov komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy boʻyicha, koʻchma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.