• eye Maxsus imkoniyatlar
XORIJDA OVOZ BERISH
30.05.2023
1231

Xorijdagi saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuziladi.

Chet davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kirish uchun saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda xorijdagi saylov komissiyalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti saylov.mfa.uz orqali elektron shaklda murojaat qiladilar.

Fuqaro murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir maʼlumotlar uch kun ichida tekshiriladi hamda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Xorijdagi saylov komissiyasi fuqarolarni ovoz berish joyi va vaqti to‘g‘risida ogohlantiradi.

Fuqaro saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgandan keyin, aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin yoki saylov kuni xorijdagi saylov uchastkalarida ovoz berishi mumkin.

Ovoz berish xorijdagi saylov uchastkasi joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.