2020 yil 4 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jog‘orku Keneshi deputatlari saylovlari boshlandi.
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida 200 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) Ijroiya qo‘mitasi missiyasi tarkibida mamlakatimizning chegaradosh viloyatlaridan o‘ttiz nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishmoqda.
Saylov jarayonlarini shuningdek, xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari ham kuzatib borishmoqda.
Qirgiziston Respublikasining saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi Axborot bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi Jog‘orku Keneshi deputatlari saylovlarlarida ovoz berish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni 2475 ta bo‘lib, ulardan 45 tasi xorijda joylashgan.
Qirg‘iziston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning umumiy soni 3,523,554 nafar bo‘lsa, ularning 32 602 nafari xorijda ro‘yxatdan o‘tgan.
Saylovchilarning umumiy sonidan 47,74 foizini erkaklar, 52,26 foizini ayollar tashkil etmoqda. 30 yoshgacha bo‘lgan saylovchilar soni esa 29,67 foizga teng.
Saylovlarda 16 ta siyosiy partiya ishtirok etmoqda. Mazkur patiyalar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi Jog‘orku Keneshi deputatligiga 1 957 nomzod ko‘rsatilgan. Shulardan 57 nafari o‘z arizasiga ko‘ra ruyxatdan chiqarilgan.
Shunday qilib, Qirg‘iziston Respublikasi parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun 1912 nafar nomzod ro‘yxatga olingan. Nomzodlarning 618 nafari ayollardir.