O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Xalmuxammed Aitjanovich Paluaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Xalmuxammed Paluaniyazov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Qoraqalpoq Davlat universitetini tamomlagan. Huquqshunos, 2-darajali yurist, yuridik fanlar nomzodi.
Bungacha Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy axborot texnologiyalar bo‘yicha O‘quv markazi yetakchi konsultanti lavozimida ishlab kelayotgan edi.