Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov kirish so‘zi bilan ochdi va Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq eng obro‘-e’tiborli, tajribali, yoshi ulug‘ deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritdi.
Yig‘ilishda Senat a’zoligiga bo‘ladigan saylov bo‘yicha deputatlarga zaruriy tushunchalar berildi. Shundan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash bo‘yicha saylov o‘tkazildi.
Toshkent viloyati xokimi, 47-Nurafshon okrugidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati