
Teleradiokompaniya direktori Jahongir To‘ychiyev bilan suhbat chog‘ida saylov jarayonining barcha tadbirlari ommaviy axborot vositalari nigohida bo‘lishi saylovlarni ochiq va oshkora, erkin va adolatli o‘tkazilishiga, jamoatchilik nazoratini ta’minlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi va bu borada teleradiokompaniya jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Saylov kampaniyasi davrida 13-Qashqadaryo saylov okrugi hududidagi barcha muhim voqea va yangiliklarni fuqarolar Qashqadaryo televideniyesi va “Oltin voha” radiosi orqali bilishlariga alohida e’tibor qaratilgani, barcha partiyalarga saylovoldi tashviqotiga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlangani haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi 1990-yilda YXHTga a’zo davlatlar Parij sammitining qaroriga asosan «Erkin saylovlar bo‘yicha byuro» sifatida tashkil qilingan.