5-oktabr kuni MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak 2-Andijon viloyat okrug saylov komissiyasi va 6-Namangan viloyat okrug saylov komissiyasiga tashrif buyurdi. Ye. Kozyak o‘z tashrifi davomida Andijon, Namangan shahri va Norin tumanida joylashgan saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak:
-Men O‘zbekistonda sakkizinchi marotaba saylovlarda ishtirok etishim. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi nafaqat O‘zbekiston, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatalari va xalqlari uchun ham ahamiyatlidir.