• eye Maxsus imkoniyatlar
MDH PА kuzatuvchilar guruhi siyosiy partiyalar saylovoldi shtablari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʼtkazmoqda
07.10.2021
1472
Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida MDH PА kuzatuvchilar guruhi siyosiy partiyalar saylovoldi shtablari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʼtkazmoqda.

7-oktabr kuni Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasi (MDH PА) Kengashi Kotibiyati raisi oʼrinbosari – MDH PА ishtirokchi-davlatlarida demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) direktori I.Mushket boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda davomida kuzatuvchilar guruhi xar bir siyosiy partiya tarixi va gʼoyalari, partiya nomzodining Saylovoldi dasturi hamda targʼibot va tashviqot ishlari xususan, partiya va nomzodning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarligi, saylov kampaniyasi va saylovoldi tashviqoti davridagi faoliyati bilan tanishtirildi. Saylov shtabi guruhlari va ularning vazifalari toʼgʼrisida axborot berildi.

Shu bilan birga, Saylov jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va shaffof oʼtayotgani hamda Saylovoldi tashviqot ishlari jarayonida ommaviy axborot vositalarida barcha partiyalar va ularning Prezidentlikka nomzodlari uchun teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Qayd etish joiz, MDH PА kuzatuvchilari oʼz faoliyati davomida Toshkent shahri va viloyatlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatadi va monitoring olib boradi.

Uzoq muddatli monitoring davomida DPRXI ekspertlari saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini kuzatadilar va tahlil qiladilar, shuningdek saylov jarayonining ishtirokchilari: turli darajadagi saylov komissiyalari rahbarlari va siyosiy partiyalar shtablari vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazadilar. Uzoq muddatli kuzatuv natijasi sifatida yakuniy hisobot eʼlon qilinadi.