13-14 oktyabrda o‘quv seminarlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Andijon, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmalari hamda ayollarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun o‘tkazildi.
O‘quv seminari ishtirokchilari uchun “Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot” nomli Uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.Ushbu qo‘llanmaning elektron versiyasi MSK (https://saylov.uz) va BMTTD (https://www.uz.undp.org) rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
Tadbirning asosiy maqsadi ayollarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yanada oshirish, soha mutaxassilarning kasbiy bilim darajasini oshirish.