O‘quv tadbirida "Istiqbolli avlod" Respublika axborot markazi tarmog‘ining (14 ta hududiy bo‘linma) vakillari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Sirdaryo boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Gender bo‘yicha maxsus qo‘llanmani qamrab olgan o‘quv dasturi ishtirokchilarni saylovlarda gender tengligi, xalqaro standartlar va saylov tartib-qoidalariga o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan. Dastur ishtirokchilarga "gender prizmasi" orqali saylov jarayoni bilan tanishish imkoniyatini ham berdi.
Baholash jarayonida ishtirokchilar, o‘quv mashg‘ulotlari yangi ma’lumot olish va gender tengligiga boshqa nuqtai nazardan qarashga yordam berganini, uning muhimligini ta’kidladilar.
O‘quv kursi davomida olingan bilim ishtirokchilarning gender tengligi hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar haqidagi tushunchalarini oshiradi va ayollarning nafaqat saylov jarayonida, balki siyosatda ham bevosita ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni aniqlashga yordam beradi.