• eye Maxsus imkoniyatlar
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
21.10.2021
1752
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— Ijrochi kotibi Sergey Lebedev mamlakatimizda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Bugun, 21-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Qayd etish joiz, MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylovlarni kuzatish bo‘yicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Missiya O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovlar yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

Shuningdek, uchrashuvda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi S.Lebedev saylovlarni demokratik, erkin va oshkora o‘tgazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati