Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizomxodjayev joriy yil bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilayotganligini, xususan, saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi haqidagi nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish, saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish, saylov qonunchiligini aholi orasida keng targ‘ib qilish, siyosiy tadbirlarda yoshlarning faolligini, xotin-qizlarning saylovlardagi rolini kuchaytirish, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, Missiya saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va televizion dasturlar hamda bosma OAVda chiqayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
Missiya tarkibidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan 26 nafar kuzatuvchi o‘rin olgan.
Markaziy saylov komissiyasining
Matbuot xizmati