23-oktabr kuni Markziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Tojikiston Respublikasi saylovlar va referendumlar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Tavar Xudoyorzoda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizomxodjayev mexmonlarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida o‘tkazilayotgani, shuningdek saylov jarayonlarini xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari kuzatib borayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Shu bilan birga, saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi haqidagi nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida butun Respublika bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv seminarlari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati xaqida so‘z yuritildi.
Qayd etish joiz, har bir mamlakat uchun Prezident saylovlari muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekistonda bu yilgi saylovlarga xalqaro tashkilotlarning qiziqishi katta.
Shu kunning o‘zida Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev Qirg‘iziston Respublikasi saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi. Ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlar boshlanishidan oldin mamlakatdagi saylovoldi holat, shu jumladan, saylovlarga tayyorgarlikni baholash maqsadida tashrif buyuradi. Ularning vazifasi – saylovlar bilan bog‘liq tadbirlarning maqsadga muvofiqligiga taalluqli tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Markziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati