Turkiy tilli davlatlar Kengashi delegasiyasi rahbari Omer Kochaman:
— 30 dan ortiq saylov uchastkalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdik. Prezident saylovi ochiq va shaffof, qonunchilikka va tan olingan xalqaro standartlarga asoslangan holda o‘tkazildi. Jarayonlarga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rilgan. Hammasi biz o‘ylaganimizdan-da a’lo o‘tdi.
Biz Toshkentdagi 361-saylov uchastkasida byulletenlar sanash jarayonida ham qatnashdik. Saylovchilarning 80 foizi saylovda ishtirok etishi — O‘zbekiston uchun katta yutuq. Kuzatuvlarimiz davomida hech qanday qonun buzilish holatlariga guvoh bo‘lmadik. Hammasi haqqoniy o‘tdi.