Qozog‘istonlik kuzatuvchi, “Do‘stlik” hamjamiyati va xalqaro “Amir Temur” xayriya jamg‘armasining Qozog‘iston respublikasidagi rahbari Ikrom Hoshimjonov:
Biz Qozog‘iston Respublikasidan kuzatuvchi bo‘lib keldik. 24-oktabr kuni O‘zbekiston tarixida katta jarayon yuz berdi. Men turli saylov uchastkalarida turfa millat vakillarini uchratdim. Har bir saylovchi qalbida shukuh sezilib turibdi. Ob-havo ham saylov kuni ajoyib bo‘ldi.
Odamlarda yuksak vatanparvarlik ruhini ko‘rdim. Saylovchilar konstitusiyaviy huquqidan to‘la foydalanib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shdi. Saylov uchastkasida yoshlardan biriga “kimga ovoz berdingiz?” deb savol berganimda “kelajagim uchun” deya javob berdi. Yoshi ulug‘lar esa “Biz o‘z farzandlarimiz va nabiralarimiz kelajagini tanladik”, – deb ta’kidlashdi. Saylovlar ochiqlik va shaffoflik ruhida o‘tdi.