Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy qonunchilik va saylov huquqlarining xalqaro standartlari doirasida, demokratik normalarga rioya qilingan holda o‘tkazilganligi qayd etib o‘tildi.
Ta’kidlash joiz, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” asosida, kaskad usilida tashkil etilgan o‘quvlar saylovlarning yuqori saviyada o‘tishida alohida ahamiyat kasb etdi.
Unga muvofiq, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy materiallar asosida malakali ekspertlar tomonidan seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Malakali trenerlar yurtimizning barcha hududlarida milliy saylov qonunchiligini targ‘ib qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-treninglarini olib borish hamda saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari, okrug saylov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, saylov komissiyalarining vakolat va vazifalari, okrug va uchastka saylov komissiyalari binolari va ovoz berish xonalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash kabi dolzarb mavzular qamrab olindi.
Shularni inobatga olgan xolda Markaziy saylov komissiyasi Koraqalpog‘iston Respublikasi Jukorgi Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlarda O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etgan va o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondoshib, vijdonan bajargan hududiy trenerlar – oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini saylov jarayonidagi mehnatini alohida e’tirof etib, ularni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Bugun Namangan Davlat Universitetida anashunday fidoiy va jonkuyar 15 nafar viloyat trenerlariga Markaziy maylov komissiyasining faxriy yorlig‘i hamda viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda MSK a’zolari B.Yunusov va A.Isoqboyevlar ishtirok etdi.
Xuddi shu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Ular haqida ham MSKning ijtimoiy tarmoqlari orqali keng xabar berib boriladi.
MSK Matbuot xizmati