44 milliondan ortiq saylovchining 34 milliondan ortigʻi saylovda qatnashdi.
Prezidentlikka asosiy nomzodlar hukmron Birlashgan demokratik partiyadan Li Chje Myon, konservativ “Fuqarolik kuchi” partiyasidan Yun Sok Yol boʻldi. Markazchi “Xalq partiyasi”dan nomzod An Chol Su saylov oldidan nomzodini Yun Sok Yol bilan birlashtirganini eʼlon qildi.
Janubiy Koreya Milliy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, 100 foiz ovoz sanab chiqilgach, Yun Sok Yol 48,56 foiz, Li Chje Myon esa 47,83 foiz ovoz olgani aniqlandi.