• eye Maxsus imkoniyatlar
Hududlarda saylov amaliyoti oʻrganilmoqda
15.03.2022
1857
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyati xodimlaridan iborat ishchi guruhi hududlarda saylovlar amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida Surxondaryo viloyatida 10-13-mart kunlari xizmat safarida boʻldi.

Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat (shahar va tuman) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qoʻllanilishi hamda mahalliy Kengashlarning boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish amaliyoti oʻrganildi. Shuningdek, ishchi guruhi aʼzolari viloyatga ajratilgan saylov jihozlarining saqlanish holatini ham koʻrib chiqdilar.

Oʻrganish natijalari boʻyicha saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish, saylov jihozlarini saqlanishi taʼminlash holati tegishli saylov komissiyalari aʼzolari, mahalliy hokimliklarning mutasaddi vakillari bilan birgalikda tahlil qilindi,aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatildi.

Rejaga asosan ishchi guruhi oʻz faoliyatini Qashqadaryo viloyatida davom ettirmoqda.