• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi navbatdagi majlisni oʻtkazdi
31.05.2022
2826
31-may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda MSK aʼzolari, Kotibiyat masʼul xodimlari va onlayn formatda hududlardan viloyatlar saylov komissiyalari raislari, rais oʻrinbosarlari, kotiblari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Mazkur majlis kun tartibiga koʻra, Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyatlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari faoliyatini oʻrganish natijalari tinglandi.

Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlaridan kelib chiqib, mazkur hududlarda xalq deputatlari viloyat (tuman va shahar) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qoʻllanilishi hamda mahalliy Kengashlarning boʻshab qolgan oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish amaliyotini oʻrgandi.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, komissiyalar tomonidan ishlarni tashkil etish bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi ham aniqlandi.

Mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari aʼzolari uchun alohida reja asosida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari raisi, oʻrinbosari va kotiblariga Saylov kodeksini yetkazish, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalarining namunaviy reglamentini ishlab chiqish, viloyat saylov komissiyasi moliyaviy va moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, kabi choralarini koʻrib chiqish kabi taklif va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari majlisda, oʻrganish olib borilgan viloyatlar kesimida saylov komissiyalarida ish yuritish, oʻtkazilgan saylovlar va saylangan deputatlar, viloyat saylov komissiyasi uchun yaratilgan sharoit, saylov jihozlari holatlari xususida maʼlumotlar taqdim etildi.

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati