• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining  navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
30.08.2022
1226
Bugun 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi videokonferensiya aloqa tarzida oʻtkazildi.

Majlis kun tartibiga koʻra, Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlashga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Majlisda OAV vakillari referendumda xolis axborotlarni keng, tezkor va erkin tarqatish, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etishi uchun akkreditatsiyadan oʻtkazilishi taʼkidlandi. Nizomga muvofiq, OAV referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kundan boshlab, referendum oʻtkazilishiga kechi bilan oʻn kun qolguniga qadar MSKga oʻz vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek ushbu masaladan kelib chiqib, mahalliy va xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, ularning huquq va majburiyatlariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Majlis kun tartibidagi ikkinchi masalaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash masalasi ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini rejalashtirish va amalga oshirish, referendum oʻtkazish jarayonidagi moddiy qimmatliklar yuzasidan hisobdorlikni yuritish kabi muhim vazifalar muhokama etildi.

 

Markaziy saylov komissiyasining

Matbuot xizmati