Kuni kecha, 19-oktabr kuni BSOA beshinchi Bosh Assambleyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kunning birinchi yarmida Bosh assambleyaning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Majlisni Janubiy Afrika Mustaqil saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Janet Lav ochib berdi. Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa yigʻilish ishtirokchilariga videotabrik yoʻlladi.
Kunning ikkinchi yarmida Hindiston Saylov komissiyasi raisi Assambleyaning sobiq raisi sifatida qayta tayinlangan raisga yaʼni Janubiy Afrika Mustaqil saylov komissiyasi raisiga BSOA bayrogʻini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng, BSOAning yangi tayinlangan raisi, Janubiy Afrika MSK raisi Mosoto Moepa yigʻilish ishtirokchilari oldida inauguratsiya nutqini soʻzladi.
Yigʻilishda Assotsiatsiya tomonidan oʻtgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar, audit va aʼzolik badallari masalalari, tashkilotning 2023-yilga moʻljallangan ish rejasi boʻyicha axborot/hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, BSOAga yangi aʼzolarni kiritish masalasi ham koʻrib chiqildi va Vengriya, Lesoto, Liberiya va Salomon orollarining markaziy saylov organlarini kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yigʻilish davomida BSOA raisi oʻrinbosarini saylash jarayonlari boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Kolumbiya markaziy saylov organi raisi Assotsiatsiyaning yangi oʻrinbosari etib saylandi.
Bundan tashqari, BSOA Ijroiya kengashi aʼzolari va Bosh kotibi tasdiqlandi.
Shu bilan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasining Beshinchi Bosh Assambleyasi oʻz ishini yakunladi.