• eye Maxsus imkoniyatlar
Maqolalar
Yo‘q, bu, shunchaki, rasmi mulozamat uchun tanlangan balandparvoz gap emas. Bu – Ikkinchi jahon urushi yillarining “ko‘z ilg‘amas janggohlari”da jasorat ko‘rsatgan jasur o‘zbek razvedkachilaridan biri- Sharif Shirinboyevning eng sevimli iborasi, eng qaltis vaziyatlarda taqdirini hal qilgan kalom, hayotida bir umr qat’iy amal qilib yashagan  dastur.
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist Mirzo Ulugʼbek АBDUSАLOMOV bilan suhbat.
Oʻzbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi arafasida turibdi. Saylovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida eʼtirof etilganidek: “Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi”.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan va yaqinda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bu borada mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist Mirzo Ulugʻbek ABDUSALOMOV bilan suhbat.
2019-yil 20-sentyabr demokratik taraqqiyotning yangi sahifalarini ochib, insonparvar islohotlar samarasida dunyo hamjamiyatiga uygʻunlashib borayotgan Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik sana sifatida muhrlanib qoladi.
Shu yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlarining saylovlari boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda saylov kampaniyasi qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi, taniqli jurnalist Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbatimiz MSK tomonidan saylovlarni yuqori tashkiliy saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida boʻldi.
Mamnuniyat bilan qayd etish lozim, 2019-yil 20-sentyabr yangilanib, yasharib, demokratik taraqqiyotining yangi sahifalarini ochib, shiddatli insonparvar islohotlarni amalga oshirib dunyo hamjamiyatiga uygʻunlashib borayotgan Oʻzbekistonimiz ijtimoiy-siyosiy xayotida soʻzsiz tarixiy axamiyatga molik sana sifatida muxrlanib qoladi.
Har bir oʻtayotgan kun bizni joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun boʻlib oʻtadigan saylovlarga yaqinlashtirmoqda.