• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Saylovlar – demokratiya koʻzgusi. Bu muhim siyosiy tadbir – har bir fuqaro oʻzining siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov Kodeksida oʻzi ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilingan yangi Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.
Ekspertlar guruhi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda davom etmoqda.
Shu yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlari boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda saylov kampaniyasi qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi, taniqli jurnalist Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbatimiz MSK tomonidan saylovlarni yuqori tashkiliy saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida boʻldi.
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlis kun tartibidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish masalalari oʻrin oldi.
Avval xabar qilinganidek, Markaziy saylov komissiyasining YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga koʻmaklashish” loyihasi III-bosqichi doirasida Oliy Majlis Senati ishtirokida 7-oktyabrda saylov jarayoni ishtirokchilari uchun qator seminar-treninglar boshlandi.
Samarqandda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi aʼzolari uchun seminar trening oʻtkazildi.
Joriy yilning 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan, 20 ta elchi – YXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan ham uchrashdi.
Joriy yilning 10-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro Matbuot markazida mamlakatimizdagi faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar Saylov kodeksiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlar va saylovchilarning siyosiy partiyani saylovlardagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlovchi kamida qirq mingta imzosi boʻlgan imzo varaqalarini taqdim etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt ichida Respublikamiz boʻyicha mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tuzildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha saylov okruglarini tuzish masalasi Saylov kodeksining 9-moddasida batafsil yoritilgan.