• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1117  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi namunasi va tavsifini tasdiqlash to‘g‘risida
11.09.2021
1085

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1117                                                      2021-yil 11-sentabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi namunasi va tavsifini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi namunasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir hujjatlarning namuna va shakllari to‘g‘risida” 2007 yil 18 sentyabrdagi 321-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X. Mamatov) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin.

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                     Z.Nizamxodjayev

1-ilova

2-ilova