• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Joriy yil 15 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovni kuzatish missiyasi (SKM) rahbari Ouen Merfi boshchiligidagi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 15-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.M.Nizamxodjayev olib bordi.
2021-yil 14-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 25-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 37 davlatda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 54 ta saylov uchastkasi tuzilgan edi.
2021-yil 11-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Joriy yilning 10-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi tegishli hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-uvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Xalq demokratik partiyasi tegishli hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.
Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilgani Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 5 kunlik muddatda tekshiriladi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi kerak bo‘ladi.
2021-yil 24-oktyabr mamlakatimizda Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 8-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tegishli hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.