Yangiliklar
15.11.2019
15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.
12.11.2019
2019-yilning 12-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
11.11.2019
2019-yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak saylovlarni o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari tobora qizg‘in kechmoqda. Saylovda ishtirok etish har bir inson hayotidagi eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. Axir, har bir fuqaro ovozi mamlakat taqdiri va uning ertangi taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yilgi saylovlar O‘zbekistonda mutlaqo yangi sharoitda o‘tkaziladi. Shu kunlarda Vatanimizning barcha hududlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ushbu siyosiy kampaniyaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad saylov qonunchiligidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
09.11.2019
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 9 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston "Adolat" SDP partiyasining rahbari va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.
08.11.2019
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 8-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasining rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.
07.11.2019
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 7-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyaning rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.
06.11.2019
"Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi toifalangan ob’ektlarini qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda "Saylov kodeksining mazmun mohiyati va xarbiy xizmatchilarning saylov huquqlari kafolatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.
04.11.2019
Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, demokratiyani qaror toptirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda juda muhim bunyodkorlik rolini o‘ynaydi. Shunday ekan, bu yilgi saylovlar jarayonida nafaqat siyosiy partiyalar va mas’ul davlat organlarining vakillari, balki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ham bevosita faol ishtirok etishlari hamda jamoatchilik nazorati huquqidan samarali foydalanishlari uchun normativ-huquqiy asoslar yaratildi.
28.10.2019
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida “Yosh_saylovchi” loyihasi doirasida saylovlar jarayonida yoshlar ishtirokini kengaytirish va faolligini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening boshlandi.
25.10.2019
Joriy yilning 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda MSK aʼzolari, OАV va siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.