• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
2019-yil 15-oktyabr kuni soat 11.00 da Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi videoselektor tarzida boʻlib oʻtdi.
Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar faoliyati masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Unda MSK aʼzolari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Saylovlar – demokratiya koʻzgusi. Bu muhim siyosiy tadbir – har bir fuqaro oʻzining siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov Kodeksida oʻzi ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilingan yangi Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.
Ekspertlar guruhi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda davom etmoqda.
Shu yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlari boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda saylov kampaniyasi qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi, taniqli jurnalist Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbatimiz MSK tomonidan saylovlarni yuqori tashkiliy saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida boʻldi.
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlis kun tartibidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish masalalari oʻrin oldi.
Avval xabar qilinganidek, Markaziy saylov komissiyasining YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga koʻmaklashish” loyihasi III-bosqichi doirasida Oliy Majlis Senati ishtirokida 7-oktyabrda saylov jarayoni ishtirokchilari uchun qator seminar-treninglar boshlandi.
Samarqandda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi aʼzolari uchun seminar trening oʻtkazildi.