• eye Maxsus imkoniyatlar
Maqolalar
Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.
Davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishda, jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim afzalliklaridan bir shundaki, nafaqat qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, balki mavjud muammo va kamchiliklar ham baralla aytilib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olinmoqda.
​​​​​​​O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakat ijtimoiy xayotining turli sohalarida adolatli, insonparvar islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ushbu islohotlarning huquqiy zaminini puxta ishlab chiqishga hamda uni davlat va jamiyat hayotida tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, poydevori pishiq bo‘lgan imorat asrlar osha bo‘ycho‘zib turganidek, puxta huquqiy zaminga ega islohotlar ham yuz yillab jamiyat xayotida, insonlar xayotida ijobiy o‘zgarishlarga, farovonlik va taraqqiyotga xizmat qiladi.
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ezgu g‘oyasi atrofida birlashib, yuksak maqsad – demokratik va erkin yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalqimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.
Agar bir imoratni qismlarga ajratib qaraydigan bo‘lsak, uning poydevori betondan, sinchi yog‘ochdan, devori pishiq g‘ishtdan, tomi taomilga ko‘ra yopilgan bo‘lsa – binoning mustahkam ekaniga imon keltiramiz. Chunki mezonlar xuddi mana shunday xulosa berishimizga asos bo‘ladi. Mabodo mana shu qiyosimizni insonning mardlik va matonat singari fazilatlariga nisbatan qo‘llasak-chi! Bunda bu xislatlarning metin kabi mustahkamligini qaysi o‘lchovlarga asoslanib xulosa qilishimiz mumkin?
Mamlakatimizda parlament va mahalliy vakillik organlariga yangi qonunchilik asosida saylovlar bo‘lib o‘tganiga roppa-rosa bir yil to‘ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lami keng, shiddati baland, natijadorligi yuksak demokratik o‘zgarishlarni ko‘rib, bularning barchasi xalqimiz manfaatlarini izchillik bilan ta’minlash, Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatning hayotdagi samaralari ekaniga har qanday kishi amin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining g‘oyasi, maqsadi, ruhi – har bir qoidasi Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi, asrlar mobaynida shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan o‘zbekona va sharqona davlatni idora etish hamda xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an’analarini o‘zida to‘la mujassamlashtirgan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, zalvorli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Bu borada, shubhasiz, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar hamda olib borilayotgan oqilona siyosat dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.