• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 maydan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
2021 yilni oktyabr oyida mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24 may kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
2021 yilning oktyabr oyida yurtimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24-28 may kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy  saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxodjayev Toshkent va Sirdayo  viloyatlarida bo‘lib, saylov komissiyalari a’zolarining malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan seminar-treninglardagi mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishdi.
Mamlakatimizning barcha hududlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda. 17 may kuni hududlarda boshlangan mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida olib borilmoqda.
Samarqand shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Saylovlar davrida ommaviy axborot vositalarining faolligi, haqqoniyligi va xolisligi saylovlarni umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida ochiq-oshkora o‘tkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Butun mamlakatimiz bo‘ylab - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  17-29 may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.
Bugun, 17 may kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida hududiy trenerlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.