• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
2021 yil 24 fevralda Xalqaro parlament tadqiqotlari markazi (ICPS) tomonidan «Ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlarini kengaytirish» mavzuida virtual davra suhbati o‘tkazildi. Zoom platformasida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar va dunyoning turli mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston saylov organlari vakillaridan iborat 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakat ijtimoiy xayotining turli sohalarida adolatli, insonparvar islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ushbu islohotlarning huquqiy zaminini puxta ishlab chiqishga hamda uni davlat va jamiyat hayotida tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, poydevori pishiq bo‘lgan imorat asrlar osha bo‘ycho‘zib turganidek, puxta huquqiy zaminga ega islohotlar ham yuz yillab jamiyat xayotida, insonlar xayotida ijobiy o‘zgarishlarga, farovonlik va taraqqiyotga xizmat qiladi.
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ezgu g‘oyasi atrofida birlashib, yuksak maqsad – demokratik va erkin yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalqimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.
9 fevral - hazrat Alisher Navoiyning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbarining 2020 yil  19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ushbu tabarruk sana mamlakatimizda har qachongidan keng va tanatanali nishonlanmoqda.
5 fevral kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya a’zolari hamda xodimlari ishtirok etgan majlis kun tartibidan tashkiliy masalalar o‘rin oldi.
Bugun dunyoda  Butunjahon saylovlar kuni nishonlanmoqda.
Markaziy saylov komissiyasining “Buxoro viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 4 fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida Buxoro viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.