Xalqaro yangiliklar
11.05.2021
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi ishtirokchi-davlatlarining demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro institutining 15 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
07.05.2021
7 may kuni Markaziy saylov komissiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorlikdagi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash loyihasining boshqaruv qo‘mitasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
05.05.2021
15 - may kuni Sankt-Peterburgda MDH PA Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z. Nizamxodjayev Moldova Respublikasi MSK Raisi D. Chimil bilan uchrashdi.
28.04.2021
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
21.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “VoteWatch Europe” analitik markazi vakillari ishtirokida “COVID-19 sharoitida saylovlar. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
13.04.2021
Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari va Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
11.04.2021
2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.
07.04.2021
Shu yilning 5-6 aprel kunlari Hindistonning Assam, Kerala, Tamil Nadu, Gʻarbiy Bengaliya va Paducherri shtatlari qonunchilik assambleyasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
05.04.2021
Joriy yilning 4 aprel kuni Bolgariya Milliy Majlisiga (parlamentiga) saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov uchastkalari o‘z faoliyatini mahalliy vaqt bilan soat 07: 00da boshlab, 20:00 gacha davom ettirdi.
04.04.2021
Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov va MSK a’zosi S.Kurbankulovlar Qirg‘iz Respublikasiga tashrifi doirasida MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Bosh kotibi D.Kobiskiy bilan uchrashdilar.