Yangiliklar
02.12.2021
Demokratiya va zamonaviy saylovlar vatani hisoblangan, qadimiy Yunoniston va Rimda saylovlar qay tarzda o‘tkazilgan? Xalqning xohish istagi inobatga olinganmi yoxud barchasi yuqori amaldorlar qo‘lida bo‘lganmi? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.
01.12.2021
Xalqaro kuzatuvchilar missiyalari tomonidan 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlariga yuksak baho berildi.
30.11.2021
Joriy yil 29 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovini kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar missiyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi rahbari, Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev qatnashdi.
29.11.2021
Joriy yil 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilgach, ushbu muhim siyosiy jarayonni yoritib borish, aholining saylov bo‘yicha huquqiy bilimi va elektoral madaniyatini oshirish, yurtimizda olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlarining markazlashtirilgan shakldagi tizimini yaratish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida saylov kampaniyasi davrida vaqtincha faoliyat ko‘rsatuvchi Matbuot markazi tuzildi.
28.11.2021
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston delegasiyasi 27-29-noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etmoqda.
25.11.2021
Demokratik saylovlarni fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan, bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari alohida o‘rin tutadi. Ular saylovlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
23.11.2021
O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, bu holat saylov jarayonlarida ham kuzatilmoqda.