• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
23 oktyabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Petrov Konstantin Viktorovich va Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati bo‘lim boshlig‘i Iskakov Dauren Tleukenovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
23-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Sigords Stradinsh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
22-oktabr kuni O‘zEOVMA xalqaro media-xollida O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga bag‘ishlangan eng yaxshi videoroliklar talovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 130 million so‘mdan oshdi.
Bugun, 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashdi.
22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasida Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Missiya Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.
22 oktyabr kuni Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
YXHT Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan Hindiston Saylov komissiyasi raisi Sushil Chandra boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.