• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga asosan shu yil 10-13-sentabr kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta okrug saylov komissiyalari tomonidan 10760 ta saylov uchastkasi bo‘yicha Uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan edi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibi 10760 ta saylov uchastkasi bo‘yicha jami 142 044 nafar  komissiya a’zosini tashkil etadi. 
Markaziy saylov komissiyasi va BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi “2019-2021 yillarda O‘zbekistonda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida joriy yilning 24-oktabrida bo‘lib o‘tadigan saylovda ayollar, yoshlar va imkoniyati cheklangan shaxslarning yanada faol ishtirokini rag‘batlantirish yo‘nalishida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «2019-2021 yillarda O‘zbekistonda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi amalga oshirilmoqda.
2021-yil 23-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
2021-yil 17-sentabr kuni Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasida tashkil etilgan Axborot markazida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi ishtirok etdi.
2021-yil 17-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov olib bordi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston delegasiyasi 17-19-sentabr kunlari Rossiya Federasiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketgan edi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga asosan shu yil 10-13-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta okrug saylov komissiyalari tomonidan 10760 ta saylov uchastkasi bo‘yicha Uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.
Joriy yil 15 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Saylovni kuzatish missiyasi (SKM) rahbari Ouen Merfi boshchiligidagi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.